Turkiyaning mashhur velosiped musobaqasining navbatdagi soni boshlash arafasida

Turkiyaning mashhur velosiped musobaqasi o‘tgan yili Covid - 19 pandemiyasi yuzasidan uyushtirilmagandi.

1612911
Turkiyaning mashhur velosiped musobaqasining navbatdagi soni boshlash arafasida

Turkiyaning eng nufuzli sport musobaqalaridan “Cumhurbaşkanlığı Türkiye Bisiklet Turu”ning (Turkiyada 1963 - yildan beri bir yilda bir marotaba uyushtirilgan xalqaro yo‘l velosipedi musobaqasi) navbatdagi soni boshlash arafasida.

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi yuzasidan o‘tgan yili uyushtirilmagan musobaqa bu yil 11 - 18 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Dunyoga taniqli velosipedchilar bu yil Markaziy Anado‘lu, O‘rta yer dengizi va Egey mintaqalarida kuch sinashadi.

Bu yil ellik oltinchisi (56) uyushtirilgan musobaqa bosqichlari va masofalari esa quyidagicha:

1 - bosqich: Nevshehir - Kappadokiya (167,3 kilometr)

2 - bosqich: Qoniya - Qoniya (144,9 kilometr)

3 - bosqich: Beyshehir - Alaniya (212,6 kilometr)

4 - bosqich: Alaniya - Kemer (184,4 kilometr)

5 - bosqich: Kemer - Elmali (Go‘g‘ubeli/ Göğübeli) (160,3 kilometr)

6 - bosqich: Fethiye - Marmaris (129,1 kilometr)

7 - bosqich: Marmaris - Turgutreis (180 kilometr)

8 - bosqich: Bodrum - Kushadasi (160,3 kilometr)

Katta qiziqish uyg‘otgan ushbu musobaqada dunyoning 26 davlatidan 176 nafar velosipedchi ishtirok etadi. Eng chiroyli mehmondo‘stlik namoyish etiladigan tadbirda sportchilar, 5 yulduzli mehmonxonalarda mehmon qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #velosiped musoqabasi

Aloqador xabarlar