Turkmanistonlik sportchi oltin medalni qo’lga kiritdi

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Olimpiya majmuasida Turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga oltin medalni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

1601569
Turkmanistonlik sportchi oltin medalni qo’lga kiritdi

 

2018 yilda og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionati Ashxobodda bo'lib o'tgandi. Unda Tailand sportchisi oltin medalni qo'lga kiritgandi. Kumush medal esa turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga nasib qilgandi. Keyinchalik tailandlik sportchining doping qoidalarini buzgani aniqlangach, oltin medal bekor qilindi. Shu sababli, oltin medal jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga berilishi qarorlashtirildi.

Yulduz Jumabayevaga medalni topshirish marosimi Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Olimpiya majmuasida bo'lib o'tdi. Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, vazirlar, Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi Ural Tog'an va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Marosimda so'zga chiqqan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat ko'plab xalqaro sport o'yinlariga mezbonlik qilgani va sport sohasida sezilarli yutuqlarga erishganini aytdi.

Bu yil Turkmaniston velosport bo'yicha Jahon chempionati va tennis bo'yicha Devid Kubogining 4-musobaqasiga mezbonlik qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Yulduz Jumabayeva

Aloqador xabarlar