Stol tennisi bo‘yicha Afg‘oniston terma jamoasi Toshkentga keldi
Stol tennisi bo‘yicha Afg‘oniston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Toshkentga keldi.
1555810

Stol tennisi bo‘yicha Afg‘oniston terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun keldi.
Afg‘oniston terma jamoasi Toshkentdagi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishni boshladi. 12 kun davom etadigan mazkur yig‘inda terma jamoa vakillari jismoniy holatni yaxshilash, texnik va taktik jihatlar ustida ish olib boradi. Mashg‘ulotlarda Afg‘onistonlik sportchilarga O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ko‘mak bermoqda.
Ushbu yig‘in kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beradigan litsenzion musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo'ladi.