Osiyo stol tennisi ittifoqi O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish uchun grant ajratdi

14-Dekabr kuni Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU) O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga grant ajratdi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda professional stol tennischilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

1552639
Osiyo stol tennisi ittifoqi O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish uchun grant ajratdi

 

14-Dekabr kuni Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU) O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga grant ajratdi.

Federatsiyasi  matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur grant ATTUning "Yulduzlar sari intilish" dasturi doirasida O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish, professional tennis stollarini sotib olishga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi uchun ajratilgan.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, stol tennisini yanada ommalashtirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekistonning barcha hududlarida stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratini oshirib kelayotgan sportchilarga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur loyihaga ajratilgan grant mablag‘lar evaziga ham sportchilar uchun to‘garaklarda jahon standartlariga mos sport inventarlari yetkazib beriladi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonda professional stol tennischilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar