O‘zbekistonlik polvon XVIII jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

15-Dekabr kuni Tatariston poytaxti Qozonda belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida XVIII jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

1552641
O‘zbekistonlik polvon XVIII jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

 

15-Dekabr kuni Tatariston poytaxti Qozonda belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida XVIII jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Qozon shahridagi "Ak Bars" kurash saroyi mezbonlik qilgan musobaqada 35 mamlakatdan 150 nafardan ziyod kurashchi ishtirok etdi.

Namanganlik polvon, Uychi tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Oybek Hamidov 57 kilogramm vaznda oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Qirg‘izistonlik kurashchi Mirza uulu Ratbekka qarshi final bahsida Oybek birinchi daqiqadayoq raqibining kuragini yerga tekkizib, g‘alabaga erishdi.


Tanlangan kalimalar: #Oybek Hamidov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar