MDH mamlakatlari sport o'yinlari 2021-yilga qoldirildi
Qozon shahrida MDH mamlakatlarining birinchi sport o'yinlari musobaqasi oktyabr oyida o'tkazilishi kerak edi. Musobaqalar koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilga ko'chirildi.
1491661
Qozon shahrida MDH mamlakatlarining birinchi sport o'yinlari musobaqasi oktyabr oyida o'tkazilishi kerak edi.
Musobaqalar koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilga ko'chirildi. Bu haqda Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov bayonot berdi.
Dastavval bu o'yinlar 20-27-avgustda o'tkazilishi rejalashtirilgan, biroq koronavirus sabab sentyabr, keyin oktyabr oyiga ko'chirilgan edi. Endi 2021-yilning yozida o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, MDH mamlakatlarining birinchi sport o'yinlarida 14-23 yoshli atletlar 22 sport turi bo'yicha 280 medal uchun bellashadi.