O'zbekiston 2025-yilda yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi

“2025-yilda O'zbekistonda yoshlar o'rtasidagi IV yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

1475060

Qarorga muvofiq, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazish direksiyasi tashkil etiladi.

Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko'rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek qaror bilan, “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Aloqador xabarlar