Oʻzbek polvonlari og'ir atletika bo'yicha onlayn xalqaro turnir gʻolibi bo'ldi
Karantin davrida ilk bor tashkil etilgan ogʻir atletika boʻyicha xalqaro onlayn musobaqa nihoyasiga yetdi. Turnirning soʻnggi dasturlarida erkaklar oʻrtasida ogʻir vaznli ishtirokchilar oʻzaro kurash olib borishdi.
OGʻIR ATLETIKA: Oʻzbek polvonlari ilk onlayn xalqaro turnir gʻolibi
Karantin davrida ilk bor tashkil etilgan ogʻir atletika boʻyicha xalqaro onlayn musobaqa nihoyasiga yetdi. Turnirning soʻnggi dasturlarida erkaklar oʻrtasida ogʻir vaznli ishtirokchilar oʻzaro kurash olib borishdi.
Unda qatnashgan oʻzbekistonlik vakillardan Sarvar Zafarjonov (-89 kg), Farhod Sobirov (-102 kg) va Akbar Joʻrayev (-109 kg) oʻz vazn toifalarida shohsupadan joy olishdi. Sportchilar quyidagicha natijalar qayd etishdi:
Sarvar Zafarjonov – 357 kg (162 kg + 195 kg)
Farhod Sobirov – 355 kg (165 kg + 190 kg)
Akbar Joʻrayev – 410 kg (190 kg + 220 kg)
Shu tariqa musobaqada qatnashgan atletlarning barchasi sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
Natijalar bilan tanishing:
1-oʻrin:
Tursunoy Jabborova (-81 kg)
Sarvar Zafarjonov (-89 kg)
Farhod Sobirov (-102 kg)
Akbar Joʻrayev (-109 kg)
2-oʻrin:
Nigora Abdullayeva (-55 kg)
Adhamjon Ergashev (-73 kg)
3-oʻrin:
Kumushxon Fayzullayeva (-71 kg)