Oʻzbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Tojikiston bilan oʻynaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati va 2023-yili Xitoyda boʻladigan Osiyo kubogi uchun saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi.

1444821
Oʻzbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Tojikiston bilan oʻynaydi

 

 

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati va 2023-yili Xitoyda boʻladigan Osiyo kubogi uchun saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi.

Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik koʻrish maqsadida milliy terma jamoa sentyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini tashkil etadi. Mazkur yigʻin doirasida jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov shogirdlari Tojikiston termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4-sentyabr kuni

“Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtishi belgilandi.



Aloqador xabarlar