O'zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev — oyning eng yaxshi futbolchisi...

Jasur Yaxshiboyev mamlakatda muxlislar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, “Energetik-BGU“ jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1410384
O'zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev — oyning eng yaxshi futbolchisi...

 

Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo ahlining deyarli barcha qitʼasida karantin joriy etilgan. Demakki, sport oʻyinlari, jumladan futbol musobaqalari ham oʻtkazilayotgani yoʻq.
Faqatgina ushbu balo Belarus, Nikaragua, Tayvan, Turkmaniston va Tojikiston milliy chempionatlariga taʼsir etmayotgandi – chempionat oʻyinlari davom etayotgandi. Dushanba kunidan esa Tojikistonda ham barcha sport tadbirlari kabi futbol musobaqalari ham toʻxtatildi.
Xabaringiz bor, oʻzbek futbolida kamol topgan baʼzi futbolchilar dunyoni qamrab olgan “shoxvirus” paytida ham legioner sifatida Belarus va Tojikiston chempionatlarida faoliyat yuritishayotgandi.
Belarusda toʻp tepayotgan Jasur Yaxshiboyev (“Energetik-BGU“) va Shahboz Umarov (“Minsk”) hamon maydonda. Eʼtiborli jihati Jasur Yaxshiboyev mamlakatda muxlislar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, “Energetik-BGU“ jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi oʻrinni Aleksey Nosko, uchinchi oʻrinni Jeremi Mavatu egalladi. Jasur 6ta tur davomida raqiblar darvozasini uch bor nishonga oldi, toʻpurarlar bahsida peshqadamlik qilayotgan Shikavka (“Dinamo Minsk”) da 4 ta toʻp bor.

Belarus milliy chempionatining oltinchi turi yakunlandi. 16 ta jamoa ishtirok etayotgan chempionatda “Slusk” jamoasi 13 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, “Isloch” 12, “Torpedo-BelAZ” jamoasi 11 ochko bilan ikkinchi va uchinchi oʻrinda borishyapti. Oltita oʻyinning uchtasida gʻalaba qozonib, shunchasida magʻlub boʻlgan Yaxshiboyev jamoasi esa turnir jadvalida yettinchi oʻrinni band etib turibdi. Xuddi shunday natija qayd etayotgan Umarov jamoasi esa sakkizinchi oʻrinda bormoqda. Chempionatning 7-turi 1-3-may kunlariga belgilangan.
4-turdan soʻng “tanaffus”ga chiqqan Tojikiston chempionatida hozircha Dushanbening “Istiqlol” jamoasi 10 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.Shuncha ochkoga esa “Xatlon” ikkinchi, 8 ochko jamgʻargan “Fayzqand” uchinchi oʻrinda boryapti.

Eʼtiborli jihati, aynan shu jamoa tarkibidagi mavjud besh nafar legioner oʻyinchilarning barini Oʻzbekistonliklar tashkil etadi.



Aloqador xabarlar