O‘zbekistonlik sportchilar 22 medal sohibi bo'ldi

Birlashgan Аrab Аmirliklarining Аl-Fujayra amirligida taekvondo (WT) bo'yicha an'anaviy "Fujayra open" musobaqasi bo'lib o'tdi.

O‘zbekistonlik sportchilar 22 medal sohibi bo'ldi

 

Birlashgan Аrab Аmirliklarining Аl-Fujayra amirligida taekvondo (WT) bo'yicha an'anaviy "Fujayra open" musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'smirlar, bolalar va kattalar o'rtasida o'tgan mazkur turnirda O‘zbekiston taekvondochilari 11 oltin, 7 kumush va 4 bronza, jami 22 medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kungi bahslarida kadetlar, o'smirlar va bolalar toifasida o'zbekistonlik sportchilar 11 oltin, 2 kumush va 3 bronza, jami 16 ta medalga sazovor bo'ldi.

Kattalar o'rtasida o'tgan bahslarda Shohrux Rajabov, Shuhrat Salaev, Feruza Sodiqova, Charos Qayumova, Nigora Tursunqulova kumush, Аbror To'raev esa bronza medali bilan taqdirlandi.

 


Tanlangan kalimalar: Fujayra open , O'zbekiston

Aloqador xabarlar