Ferhat Jan Kavurat Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritdi

Ferhat Jan Kavurat, Taekvondo bo'yicha Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritdi.

1265278
Ferhat Jan Kavurat Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritdi

Ferhat Jan Kavurat, Taekvondo bo'yicha Yevropa chempionligida oltin medalni qo’lga kiritdi.

Yevropa Taekvondo ittifoqi tomonidan Shvetsiyaning Xelsingborg shahrida uyushtirilgan va dunyoning 35 ta davlatidan 458 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o’rtasida 63 va 68, ayollar o’rtasida esa 53 va 57 vazn toifasida kuch sinashildi.

Mazkur musobaqada Turkiya 1 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo’lga kiritdi.

Erkaklar o’rtasida 63 kilogram vazn toifasida Ferhat Jan Kavurat, finalda rossiyalik David Nazaryanni 7 - 4 hisobiga mag’lubiyatga uchratar ekan bu orqali Yevropa chempioni bo’ldi.

Ferhat Jan Kavurat, 2018-yilgi Yevropa chempionligida ham oltin medalni qo’lga kiritgandi.

Erkaklar o’rtasida 68 kilogram vazn toifasida Hakan Rechber va ayollar o’rtasida 57 kilogram vazn toifasida Gulsum Gultekin esa bronza medalni qo’lga kiritdi.

Musobaqaning birinchi kunida 3 ta kumush medalni qo’lga kiritgan Turkiya, ikkinchi kunning oxirida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza jami 6 ta medalni qo’lga kiritdi.

Yevropa Taekvondo federatsiyasi raisi Metin Shahin Yevropa chempionligini qo’lga kiritgan Ferhat Jan Kavurat va bronza medalni qo’lga kiritgan Hakan Rechber bilan Gulsum Gultekinni tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar