Yevropa boks chempionatida Turkiya milliy sportchisi Buse Naz Chakirog’li oltin medal sohibi bo'ldi

Ispaniyaning Madrid shahrida o’tkazilgan ayollar o’rtasida Yevropa boks chempionatida Turkiya milliy sportchilari 2 oltin va 2 bronza medalni qo’lga kiritdi.

1261717

22 avgust kuni Madridning Alcobendas tumanidagi “Amaya Valdemoro” sport majmuasida boshlangan chempionat final bahslari bilan yakunlandi.

Turkiya milliy sportchisi Buse Naz Chakirog’li 51 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Yelena Salenevani mag’lub etib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Buse Naz Chakirog’li oltin medalni va chempionlik kamarini Turkiyaning Madriddagi favqulodda va muhtor elchisi Jihod Erginayning qo’lidan qabul qilib oldi.

Final bahslarida 81 kg vazn toifasida bellashgan Elif Guneri belorus raqibi Viktoriya Kebikavani mag’lub etib, Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan ikkinchi turk milliy sportchisi bo’ldi.

Ayollar o’rtasida Yevropa boks chempionatida oltin medal sohibi bo’lgan Buse Naz Chakirog’li nufuzli chempionatning eng yaxshi boksyori deb topildi.

Aloqador xabarlar