“Liverpool” hujumchisi Muhammad Salah, futbol shaydolariga turk tilida salom yo’lladi

“Liverpool” hujumchisi Muhammad Salah, futbol shaydolariga turk tilida salom yo’llar ekan uni Twitter orqali, turk alifbosi bilan turk tilida yozib qoldirdi.

1252489
“Liverpool” hujumchisi Muhammad Salah, futbol shaydolariga turk tilida salom yo’lladi

Britaniyaning “Liverpool” jamoasi hujumchisi Muhammad Salah, UEFA Super kubogida Chelsea bilan Istanbulda o’tkaziladigan musobaqadan oldin futbol shaydolariga turk tilida salom yo’lladi.

Turkiyaning Istanbul viloyatiga qarashli Beshiktosh tumanida o’rin olgan Vodafone Park yoki mamlakatning Beshiktosh jamoasining Ino’nu (viloyatning Kuchukchekmeje tumaniga qarashli 21 ta mahalladan biri) dagi stadionida bo’lib o’tadigan Super kubok musobaqasidan oldin xususiy uchoq orqali Istanbulga kelgan Liverpool jamoasi hujumchisi Salah, ijtimoiy tarmoq orqali turk futbol shaydolarini salomladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan Twitter orqali turk futbol shaydolariga salom bergan 27 yoshidagi misrlik mashhur futbolchi, turk alifbosi bilan turk tilida, “Merhaba Türkiye” deb yozib qoldirdi.

Muhammad Salahning mazkur posti qisqa vaqt ichida muxlislari tomonidan katta qiziqish uyg’otar ekan, on minglab kuzatuvchisi tomonidan yoqtirildi.



Aloqador xabarlar