Istanbulda 47-Xalqaro Yashar Do'g'u kurash turniri bo'lib o'tadi

Turnirga kurash bo'yicha ilg'or davlatlardan AQSh, Ozarbayjon, Eron, Germaniya, Qozog'iston, O'zbekiston, Vengriya, Ukraina, Hindiston, Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlardan kuchli kurashchilar ishtirok etadi.

1233539
Istanbulda 47-Xalqaro Yashar Do'g'u kurash turniri bo'lib o'tadi

 

Ertaga Istanbulda 47-Xalqaro Yashar Do'g'u kurash turniri o'z ishini boshlaydi.

Turkiya Kurash Federatsiyasi ma'lum qilishicha, 11-14 iyul kunlari bo'lib o'tadigan turnirda olimpiada va jahon chempionlari ishtirok etadi.

Turnirda taxminan 35 davlatdan 300 kurashchi maydonga tushadi.

Turkiya terma jamoasi tarkibida Taha Akgul, Yasemin Adar, Riza Yildirim, Selahaddin Kilichsallayan, Selim Yashar, Chingizxon Erdo'g'an, Yokub Go'r, Enes Uslu, Barish Kaya, Muhammad Nuri Kotanog'li, Ibrahim Bolukbashi, Fatih Yasharli, Baki Shahin, Evin Demirxon, Buse Tosun va Bedia Gun kabi taniqli sportchilar mavjud.

Bundan tashqari, turnirga kurash bo'yicha ilg'or davlatlardan AQSh, Ozarbayjon, Eron, Germaniya, Qozog'iston, O'zbekiston, Vengriya, Ukraina, Hindiston, Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlardan kuchli kurashchilar ishtirok etadi.

Quvınarlisi shuki, turnirda olimpiada va jahon chempionlari amerikalik Jordan Burroughs, eronlik Hassan Aliazam Yazdanicharati, ozarbayjonlik Sherif Sherifov, olimpiada sovrindori jahon va Yevropa chempioni kubalik italyan Frank Chamizo, "Rio olimpiadalari-2016"da oltin medal sohibi bo'lgan kanadalik Erica Viebe kabi mashhur sportchilar ham ishtirok etadi.

 

 



Aloqador xabarlar