Yevropa chempionati (EURO-2020) saralashida 4-tur yakunlandi

Turkiya milliy terma jamoasi Laugardalsvollur stadionida Islandiyaga 2:1 hisobida mag’lub bo’ldi.

1217426
Yevropa chempionati (EURO-2020) saralashida 4-tur yakunlandi

 

Yevropa chempionati (EURO-2020) saralashida 4-tur ortda qoldi. 4-tur 13 ta match bilan yakunlandi.

Seshanba kungi bahslarda yana qator yirik hisoblar qayd etildi. Jumladan, Germaniya Estoniyani 8:0, Fransiya Andorrani 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Slovakiya safarda Ozarbayjon ustidan 5:1 hisobi bilan ustun keldi.

Shuningdek, Belgiya Shotlandiya darvozasiga javobsiz 3 ta, Qozog‘iston San-Marinoga 4 ta to‘p kiritdi.

Italiya milliy jamoasi o‘z uyida Bosniya va Gersegovina ustidan irodali g‘alaba qozondi (2:1), Rossiya esa Kiprni minimal hisobda (1:0) yengdi.

Turkiya milliy terma jamoasi Laugardalsvollur stadionida Islandiyaga 2:1 hisobida mag’lub bo’ldi.

Gollar: 1:0 – 21 Sigurdsson, 2:0 – 31 Sigurdsson, 2:1 – 40 Dorukhan Tokoz (Turkiya).

5- va 6-tur o‘yinlari 5-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Yevro-2020 saralashida natijalar quyidagicha;
4-tur, 11 iyun


Ozarboyjon – Slovakiya 1:5 (1:3, 0:2)

Albaniya – Moldova 2:0 (0:0, 2:0)
Andorra – Fransiya 0:4 (0:3, 0:1)
Islandiya – Turkiya 2:1 (2:1, 0:0)
Belarus – Shimoliy Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Germaniya – Estoniya 8:0 (5:0, 3:0)
Gretsiya – Armaniston 2:3 (0:2, 2:1)

Italiya – Bosniya va Gersegovina 2:1 (0:1, 2:0)
Lixtenshteyn – Finlyandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Vengriya – Uels 1:0 (0:0, 1:0)
Qozog‘iston – San-Marino 4:0 (1:0, 3:0)
Rossiya – Kipr 1:0 (1:0, 0:0)
Belgiya – Shotlandiya 3:0 (1:0, 2:0)
 



Aloqador xabarlar