Turkiyaning erkaklar voleybol terma jamoasi ertaga Slovakiya bilan bellashadi

Birinchi o’yinda Latviyani 3-0 hisobida mag’lub etgan Turkiya terma jamoasi Belgiyani 3-1 hisobida yengdi.

Turkiyaning erkaklar voleybol terma jamoasi ertaga Slovakiya bilan bellashadi

 

Turkiyaning erkaklar voleybol terma jamoasi ertaga 2019-Yevropa Oltin ligasining A guruhidagi to’rtinchi o’yinda raqibi Slovakiya bilan bellashadi.

Malatya markaziy sport zalida bo’lib o’tadigan o’yin Turkiya vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Yevropa voleybol konfederatsiyasi tomonidan tashkil qilingan chempionatning 3 ta o’yinida g’oliblikni qo’lga kiritgan Turkiya terma jamoasi peshqadamlikni qo’ldan boy bermayotir.

Birinchi o’yinda Latviyani 3-0 hisobida mag’lub etgan Turkiya terma jamoasi Belgiyani 3-1 hisobida yengdi.

Turkiyaning erkaklar voleybol terma jamoasi ertangi raqibi Slovakiyani esa birinchi o’yinda 3-0 hisobida mag’lub etgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: 2019-Yevropa Oltin ligasi , voleybol , Turkiya

Aloqador xabarlar