Turkiya O’zbekiston bilan o’yin oldidan Gretsiyani 2-1 hisobiga mag’lubiyatga uchratdi

Turkiya Milliy futbol terma jamoasi EURO 2020 saralash guruhi musobaqalari oldidan Gretsiya bilan kuch sinashar ekan, 2-1 hisobiga g’alaba qozondi.

1211974

Antaliyadagi, “Antalya Stadyumu”da bo’lib o’tgan musobaqada Turk Milliy futbol jamoasi 11-daqiqada Jengiz O’nder va 17-daqiqada Kenan Karaman tomonidan kiritilgan gollar orqali 3 ballni qo’lga kiritdi.

Gretsiyaning yagona goli esa 90-daqiqada Kourbelis tomonidan kiritildi.

Kenan Karaman 4-milliy musobaqasida birinchi golini kiritish baxtiga muyassar bo’ldi.  

Gretsiya jamoasiga qarshi o’ynalgan musobaqada forma kiyish imkonini qo’lga kiritgan Umut Merash, Nazim Sangere, Ug’urjan Chakir, Abdulkadir O’mur va Guven Yalchin birinchi marotaba terma jamoada ishtirok etdi.

Turkiya Milliy futbol terma jamoasi Fransiya va Izlandiya bilan o’yin oldidan 2-iyun haftaning yakshanba kuni, Alaniyada O’zbekistonga qarshi bahslashadi.  

O’zbekiston terma jamoasi esa Turkiyaga ertaga yetib keladi.

Aloqador xabarlar