"Barselona" "Atletiko" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi
Matchning 85-daqiqasida Luis Suaresning go’li bilan oldinga chiqib olgan “Barselona”, 87-daqiqada Leo Messining urgan go’li bilan 2:0 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
1178494

"Barselona" Ispaniya chempionatining 31-turidan joy olgan uchrashuvda "Atletiko" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Nou Camp stadionida bo’lib o’tgan ushbu matchda gol kiritgan Leo Messi LaLigada qo'lga kiritgan g'alabalar sonini 335 taga etkazib oldi.
Matchning birinchi yarmi 0-0 hisobida yakunlandi.
Matchning 85-daqiqasida Luis Suaresning go’li bilan oldinga chiqib olgan “Barselona”, 87-daqiqada Leo Messining urgan go’li bilan 2:0 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Bu natija bilan “Barselona”ning ochkosi 73 ga chiqdi, ikkinchi o’rindagi "Atletiko" jamoasi 62 ochkoda qolib ketdi.