Toshkentda dzyudo bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tadi

Ushbu musobaqada O’zbekistondan tashqari qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

1135035
Toshkentda dzyudo bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tadi

Shu yilning 1-2 fevral kunlari O’zbekiston poytaxti Toshkentda dzyudo bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tadi.

10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O’zbekistondan tashqari qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu xalqaro turnir 1999-2000 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar o’rtasida tashkil etiladi.

Musobaqada 16 ta vazn toifasida g’olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Reja bo’yicha 1 fevral kuni ishtirokchilarni tarozidan o’tkazish hamda musobaqaga qur’a tashlash marosimi tashkil etilsa, 2 fevralda ko’rsatilgan vazn toifalari bo’yicha bahslar bo’lib o’tadi.

Janglar soat 10:00 da start oladi. Final bellashuvlari esa soat 17:00 da boshlanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #dzyudo , #xalqaro turnir

Aloqador xabarlar