Iordaniyada kamon otish bo’yicha musobaqa o’tkazildi

Iordaniya poytaxti Ammanda kamon otish bo’yicha musobaqa o’tkazilar ekan unda Turkiya ham ishtirok etdi.

956330
Iordaniyada kamon otish bo’yicha musobaqa o’tkazildi

Iordaniya poytaxti Ammanda kamon otish bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

Ushbu musobaqada Turkiya ham ishtirok etdi.

Dunyo Etnosport birlashmasi raisi Bilal Erdog’an bunday musobaqalarga ishtirok etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.  

Musobaqa Iordaniyaning qiroli ikkinchi Abdullohning ukasi shahzoda Hoshim bin Husayn yetakchiligida uyushtirldi.

Musobaqada Turkiyadan tashqari dunyoning 20 dan ortiq davlati nomidan 46 sportchi ishtirok etmoqda.

Dunyo Etnosport birlashmasi raisi Bilal Erdog’an, bunday musobaqalarning o’zaro munosabatlarni mustahkamlashini ta’kidladi.

Bilal Erdog’an,

“Turkiya va Iordaniya munosabatlariga ham ijobiy hissa qo’shajagiga ishonch hosil qilganligimiz uchun shaxsan ishtirok etdik. Ot ustida turib kamondan o’q otish sport turi Turkiyada rivojlanib bormoqda. Dunyoda bunday an’anaviy sport musobaqalarining borligi va bizning bu musobaqalarga Turkiya nomidan ishtirok etishimiz, ham an’anaviy Turk sportlari ham da etnosportning kelajagi uchun muhimdir” dedi.  

Bilal Erdog’an “Yunus Emre” nomidagi Turk madaniyat tashkilotining Ammandagi markazi tomonidan uyushtirilgan “kamondan o’q otish” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir yakunida Bilal Erdog’an markaz tomonidan uyushtirilgan “o’q otish” kursi ishtirokchilariga, kursda ishtirok etganliklari haqidagi guvohnomasini taqdim etdi.

 



Aloqador xabarlar