Ramil Guliyev avgust oyining eng yaxshi atletikachisi deb topildi

Ramil Guliyev o’tgan oyda Londonda uyushtirilgan Jahon atletika chempionatida, erkaklar o’rtasida o’tkazilgan 200 metrlik masofani birinchilardan bo’lib tamomlab, Turkiya nomidan bu sohadagi birinchi oltin medalni qo’lga kiritgan edi.

801602
Ramil Guliyev avgust oyining eng yaxshi atletikachisi deb topildi

Yevropa atletika uyushmasi tomonidan har oy internet ovozlari orqali aniqlangan “Yevropadagi oyning eng yaxshi atletikachisi” mukofatiga milliy atletikachi Ramil Guliyev loyiq deb topildi.

Yevropa atletika uyushmasining Twitter orqali tarqatgan ma’lumotiga ko’ra “Yevropada oyning eng yaxshi atletikachisi” nomzodlari o’rasida ko’rsatilgan Guliyevning eng ko’p ovoz olib, avgust oyining eng yaxshi atletikachisi deb topilganligi qayd etildi.

Ramil Guliyev o’tgan oyda Angliya poytaxti Londonda uyushtirilgan Jahon atletika chempionatining 7-kunida, erkaklar o’rtasida o’tkazilgan 200 metrlik masofani birinchilardan bo’lib tamomlab, Turkiya nomidan bu sohadagi birinchi oltin medalni qo’lga kiritgan edi.

Guliyev huddi mana shu g’alabasi ortidan avgust oyida ishtirok etgan Olmos ligasining Birmingem oyog’ida erkaklar o’rtasidagi 200 metrlik masofada birinchi, Berlindagi ISTAF o’yinlarida esa erkaklar o’rtasidagi 100 metrlik masofada ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan edi.  



Aloqador xabarlar