O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqada 7 medalni qo‘lga kiritdi

Shu yilning 18−21-yanvar kunlari Rossiyaning Orenburg shahrida 17−18 yoshdagi sportchilar o‘rtasida Shimoliy okrug ma’muriyati sovrini uchun XXI xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

658342
O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqada 7 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonliklar xalqaro musobaqada 7 medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Rossiyadagi xalqaro musobaqa sovrindori bo‘ldi.

Shu yilning 18−21-yanvar kunlari Rossiyaning Orenburg shahrida 17−18 yoshdagi sportchilar o‘rtasida Shimoliy okrug ma’muriyati sovrini uchun XXI xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan 100 nafardan ziyod bokschi ringga chiqdi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bir oltin, ikki kumush va to‘rt bronza bo’lib, jami yetti medalni qo‘lga kiritdi.

Xudoynazar Fayzov (49 kg gacha vazn toifasida) birinchilikni qo'lga kiritib, chempion bo'lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Navo Tamazov (66 kg gacha) va Jamshidbek Mahamadaliyev (91 kg gacha) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Abdulla Kamolov (52 kg gacha), Umirzoq Ochilov (56 kg gacha), Timur Saidov (60 kg gacha) va Asadbek Shodiyev (64 kg gacha) bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 



Aloqador xabarlar