O‘zbekiston shaxmatchilari Hindistondagi xalqaro musobaqada ikki medalni qo‘lga kiritdi

Shu yilning 9-16-yanvar kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida "Delhi International Open-2017" shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

653823
O‘zbekiston shaxmatchilari Hindistondagi xalqaro musobaqada ikki medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston shaxmatchilari Hindistondagi xalqaro musobaqada ikki medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston vakillari Nyu-Delidagi shaxmat musobaqasi sovrindorlariga aylandi.

Shu yilning 9-16-yanvar kunlari Nyu-Delida (Hindiston) Delhi International Open-2017 shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning 23 mamlakatidan 258 sportchi ishtirok etdi.

Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova (jahon reytingida 2284 ball) jami 6,5 ball to‘plagan holda ayollar o‘rtasida birinchi bo‘ldi.

Xalqaro grossmeyster Marat Jumayev (2457) esa, qo‘shimcha ko‘rsatkich evaziga 8 ochko bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Birinchi o‘rinni turnirning reyting-favoriti xalqaro grossmeyster Farruh Amonatov (Tojikiston, 2619) 8,5 ochko to‘plagan holda egalladi. Hindistonlik xalqaro grossmeyster Gosh Diptayan (2670) esa, 8 ball bilan chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar