Afsonaviy futbol yulduzi Cristiano Ronaldo yana "Oltin to'p" sohibi bo'ldi

Bu yil nufuzli futbol nashri “France Football” jurnali tomonidan uyushtirilgan va dunyoning 173 mamlakatidan bittadan ommaviy axborot vositasi vakilining ovoz berishi orqali aniqlangan “Oltin to’p” sovrini uchun Cristiano Ronaldo, 745 ochko to’pladi.

629541
Afsonaviy futbol yulduzi Cristiano Ronaldo yana "Oltin to'p" sohibi bo'ldi

Futbol olamining eng nufuzli sovrinini bu yil ham “Real” va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Cristiano Ronaldo qo’lga kiritdi.

Nufuzli futbol nashri “France Football” jurnali tomonidan uyushtirilgan ushbu faoliyat natijasida 2008, 2013 va 2014-yilning ortidan bu gal to’rtinchi marotaba sovrinni qo’lga kiritgan 31 yoshidagi Ronaldo, buning uchun o’zini baxtli his qilganligini aytib, Real Madrid va milliy terma jamoadagi barcha do’stlariga minnatdorchilik bildirdi.

“Oltin to’p” sohibi avvallari 1956-yildan 2009-yilgacha France Football nashri tomonidan jurnalistlar ovoziga ko’ra aniqlanar edi. 2010-yildan e’tiboran esa France Football nashri 1991-2009-yillari “jahonning eng kuchli futbolchisi”ni aniqlagan FIFA bilan hamkorlikda “FIFA Oltin to’p” egalarini aniqladi. Ular o’tgan yilning sentabr oyida bu boradagi hamkorligini yakunladi. Shunday ekan bu yil nufuzli nashr, yana bir bor, bu mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi.

Bu yilgi “Oltin to’p” egasini aniqlash uchun dunyoning 173 mamlakatidan bittadan ommaviy axborot vositasi vakili ovoz berdi. Natijalarga ko’ra, Cristiano Ronaldo 745 ochko to’plab, faoliyati davomida shu bilan to’rtinchi marotaba nufuzli sovrinni qo’lga kiritgan bo’ldi.

Ronaldoning eng yaqin rakibi “Barcelona” va Argentina terma jamosi yetakchisi Lionel Messi 316 ochko bilan Ronaldodan ikki barobar ortda qoldi. Kuchli uchlik ro’yhatiga kirgan “Atletiko” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antoine Griezmann 198 ochkoga ega bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar