O‘zbekiston taekvondochilari Sochi shahrida chempionat g'olibi bo'ldi

Chempionatda O‘zbekiston taekvondochilari 17 medalni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

604708
O‘zbekiston taekvondochilari Sochi shahrida chempionat g'olibi bo'ldi

Shu yilning 27−30-oktyabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida taekvondo ITF bo‘yicha 13-“Qoradengiz sohili Kubogi” xalqaro ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda O‘zbekiston taekvondochilari 17 medalni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqalarda Krasnodar o‘lkasi, Rostov-na-Don, Volgograd, Moskva, Qrim, Stavropol, Abxaziya va Belorusdan olti va undan katta yoshdagi 500ga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan esa, 16 nafar taekvandochi qatnashdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 11 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Undan keyingi o‘rinlarni Rossiya va Belorus egalladi.

 



Aloqador xabarlar