Rio-2016 Paralimpiya o’yinlari Turkiya milliy terma jamoasi uchun omadli keldi

Turkiya Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o’tkazilgan paralimpiya o’yinlarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza bo’lib, jami 9 ta medal bilan yakunladi.

573085
Rio-2016 Paralimpiya o’yinlari Turkiya milliy terma jamoasi uchun omadli keldi

Rio-2016 Paralimpiya o’yinlari Turkiya milliy jamoasi uchun omadli keldi.

Turkiya milliy terma jamoasi o’yinlar tarixida eng ko’p oltin medalni qo’lga kiritgan jamoa bo’ldi.

Turkiya Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o’tkazilgan paralimpiya o’yinlarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza bo’lib, jami 9 ta medal bilan yakunladi.

Rio-2016 Paralimpiya o’yinlarida Turkiya terma jamoasiga birinchilardan bo’lib, milliy shtangachi Nazmiya Muratli birinchi oltin medalni olib keldi.

Ayollar o’rtasida 41 kg vazn toifasida bellashgan turk milliy sportchi 104 kg og’irlikni ko’tarib, jahon rekordini yangiladi va oltin medal sohibi bo’ldi.

Stol tennisi turi bo’yicha turk milliy sportchi Abdullah O’zturk Turkiya terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Isroillik Shay Siadani 3-0 hisobida, xitoylik raqibi Xingyuan Guoni 3-1 hisobida mag’lub etgan Abdullah O’zturk guruh musobaqalarini lider sifatida yakunladi.

Chorak finalda janubiy koreyalik Choi va yarim finalda fransuz raqibi Mavime Thomasni 3-2 hisobida mag’lub etgan Abdullah O’zturk finalda xitoylik raqibi Xingyuan Guoni 3-1lik skor bilan oshib o’tib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Golbol bo’yicha Yevropa chempioni bo’lgan Ayollar milliy jamoasi Rio-2016 Paralimpiya o’yinlarida oltin medalni qo’lga kiritib, o’yinlar tarixida Turkiyaga jamoa sportlaridagi dastlabki chempionlikni olib keldi.

Sumeyye O’zkan, Buket Atalay, Gulshah Duzgun, Seda Yildiz, Sevda Altunoluk va Neshe Merjan ishtirokidagi milliy terma jamoa kanadalik raqib jamoani 12-4, xitoylik raqibini 7-2, avstraliyalik raqibini 12-2 va ukrainalik raqibini 6-3 hisobida mag’lub etdi.

Chorak finalda isrollik raqibini 15-5, yârim finalda amerikalik raqibini 11-1 va finalda xitoylik raqibini 4-1 hisobida mag’lub etgan turk terma jamoa oltin medal sohibi bo’ldi.

Stol tennisi turi bo’yicha turk sportchi Kubra Korkut kumush medal sohibi bo’ldi.

Turkiya terma jamoasi Paralimpiya o’yinlarida jami 3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo’lga kiritib, Rio-2016 Paralimpiya o’yinlarida medal ro’yxatiga ko’ra, 34-o’rinni egalladi.

 

 



Aloqador xabarlar