Afsonaviy bokschi Muhammad Alining janoza namozi o’qildi

Marhum bokschining janoza namozida, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog'an ham ishtirok etdi.

507951
Afsonaviy bokschi Muhammad Alining janoza namozi o’qildi
cumhurbaşkanı erdoğan muhammed ali.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham ishtirok etgan janoza namozi ortidan Muhammad Alining suyagi zaldan, takbirlar va salovati shariflar hamrohligida olib chiqildi.

Amerikaning Diyonat markazi Bosh imomi Ali Tos boshlatgan takbirlarga, zaldagi minglab Muhammad Ali shaydolari musulmonlar ham hamrohlik qildi.

Boks qiroli Muhammad Ali suyagi janoza namozi o’qilgan zaldan Louisvilla ko’chalariga olib chiqilganidan keyin ikkinchi marosim bo’lib o’tadigan "KFC Yum! Center"ga olib kelindi.

Muhammad Alining suyagi bugungi marosim ortidan Cave Hill qabrida tuproqga beriladi.

Muhammad Alining birinchi janoza marosimi 1960-yili uning birinchi jangini o’tkazgan va g’alaba qozongan Freedom Hall sport maydonida bo’lib o’tdi.

Haqiqiy ismi Cassius Marcellus Clay Jr. bo’lgan afsonaviy boksyor 1964, 1974 va 1978-yillari boks bo’yicha og’ir vazn toifasida 3 marotaba jahon chempionligini qo’lga kiritgan. 

Boks kariyerasi mobaynida ishtirok etgan 61 musobaqaning 56 tasida g’olibiyatni qo’lga kiritgan Muhammad Ali, o’z nomini jahon sport tarixiga oltin harflar bilan yozdirishga muvaffaq bo’lgan.

U, nafas olish yo’lidagi muammolar tufayli Amerikaning Feniks shahridagi kasalxonalardan birida 3-iyun kuni,74 yoshida olamdan o’tdi.

 



Aloqador xabarlar