Afsonaviy boksyor Muhammad Ali, o’lamdan o’tdi

Muhammad Ali 1964, 1974 va 1978-yillari boks bo’yicha og’ir vazn toifasida 3 marotaba jahon chempionligini qo’lga kiritgan.

503811
Afsonaviy boksyor Muhammad Ali, o’lamdan o’tdi
muhammed ali1.jpg

Amerikalik afsonaviy bokschi Muhammad Ali, nafas olish yo’lidagi muammolar tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi. U bugun, 74 yoshida olamdan o’tdi.

Boksyorlik kariyerasini to’xtatganidan keyin 1984-yili Parkinson kasalligiga chalingan va haqiqiy ismi Cassius Marcellus Clay Jr. bo’lgan afsonaviy boksyor, 1964-yili islom dinini qabul qilib, o’z nomini Muhammad Ali deya o’zgartirgan edi.

Muhammad Ali 1964, 1974 va 1978-yillari boks bo’yicha og’ir vazn toifasida 3 marotaba jahon chempionligini qo’lga kiritgan.  

Boks kariyerasi mobaynida ishtirok etgan 61 musobaqaning 56 tasida g’olibiyatni qo’lga kiritgan Muhammad Ali, o’z nomini jahon sport tarixiga oltin harflar bilan yozdirishga muvaffaq bo’lgan.

Amerikaning Feniks shahridagi kasalxonalardan birida o’lamdan o’tgan sportchining vafotini, o’z oila a’zolari tasdiqlagan.

Avvalroq ham, uning o’lim to’shagida ekanligi haqida ma’lumot tarqatilgan edi.



Aloqador xabarlar