Og'ir atletika bo'yicha Yevropa chempionatida Doniyor Ismoilov 3 ta oltin medal sohibi bo'ldi

Chempionat musobaqalarida bugun Turkiya nomidan erkaklar o'rtasida 77 kg vazn toifasida Sadrettin Gedik ringga chiqadi.

470166
Og'ir atletika bo'yicha Yevropa chempionatida Doniyor Ismoilov 3 ta oltin medal sohibi bo'ldi

Norvegiyaning Forde shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha Yevropa chempionatida ​ erkaklar o'rtasida 69 kg vazn toifasida Turkiya nomidan bellashgan Doniyor Ismoilov 3 ta oltin medal sohibi bo'ldi.

Chempionatda erkaklar 69 kg vazn toifasida, ayollar esa, 58 kg vazn toifasida musobaqalarga qatnashdi.

Erkaklar o'rtasida 69 kg vazn toifasida kurashgan Doniyor Ismoilov yerdan ko'tarishda 155, siltovda 178 va 333 kg og'irlikni ko'tarish bilan 3 ta kategoriya bo'yicha oltin medal sohibi bo'ldi.

Chempionat musobaqalarida bugun Turkiya nomidan erkaklar o'rtasida 77 kg vazn toifasida Sadrettin Gedik ringga chiqadi.

Doniyor Ismoilov (1992-yil 3 fevral) turkman millatiga mansub turk milliy sportchisidir.

U 2012 yili Yozgi Olimpiadalarda Turkmaniston nomidan bellashgan edi.

So'ngra, Turkiya fuqarosi bo'lgan Doniyor Ismoilov Tbilisida o'tkazilgan 2015-Yevropa Og'ir atletika chempionatida Turkiya nomidan ishtirok etgan edi.



Aloqador xabarlar