O`zbekistonlik dzyudochi Turkiyadagi Gran-Prida sovrin oldi
Turkiyaning Samsun shahrida dzyudo kurashi bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa yakunlandi.
Turkiyaning Samsun shahrida dzyudo kurashi bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa yakunlandi. Dunyoning 69 ta davlatidan 400 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etgan turnirda O`zbekiston sport sharafini 5 nafar polvon himoya qildi. Gran-Prining so'nggi kuni tatamiga chiqqan Dilshod Choriyev bronza medaliga sazovor bo'ldi. 90 kg vazn toifasidagi ushbu O`zbekiston vakili ikkinchi davradan bahslarga kirishdi. Dilshod Choriyev bu bosqichda belaruslik Igar Jukauni mag'lub etdi. Keyin shveysariyalik Kiril Grossklausdan ustun keldi. Uchinchi bosqichda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini yengdi. Yarim finalda rossiyalik Xusen Xolmurzayevga imkoniyatni boy berdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik polvonni mag'lub etib, bronza medalini qo'lga kiritdi. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, Turkiyadagi Samsun Gran-Prisi shu yili avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etdi.
|