Belgiya-Portugaliya musobaqasi bekor qilindi

Belgiya terma jamoasining bugungacha o’tkazilishi rejalashtirilgan ikkita mashg’uloti ham, Bryusselda kecha yuz bergan terakt tufayli bekor qilingan edi.

456765
Belgiya-Portugaliya musobaqasi bekor qilindi

Belgiya milliy futbol terma jamoasi bilan Portugaliya milliy futbol terma jamoasi o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvi bugun bekor qilindi.

Belgiya Futbol federatsiyasi tomonidan ma'lum qilinishicha, 29-mart seshanba kuni, poytaxt Bryusseldagi “Qirol Boduen" stadionida o'tkazilmoqchi bo'lgan Belgiya-Portugaliya musobaqasi kecha Bryusselda yuz bergan terror hujumi tufayli bekor qilingan.

Musobaqani tomosha qilish maqsadida chipta xarid qilib olgan jonkuyarlarning pullari, kelasi oyda qaytarib berilajagi ham ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz kecha 22-mart seshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem" aeroportida, keyinroq shahar metro stansiyasining “Shuman maydoni" va “Malbek" bekatlarida ketma-ket portlashlar sodir etilgan edi.



Aloqador xabarlar