Galatasaray Benficaga mag'lub bo'ldi
O'yin Portugaliya poytaxti Lissabondagi Luz stadionida bo’lib o’tdi.
UEFA Chempionlar ligasi C gruhining 4-haftadagi musobaqasida Galatasaray, deplasmanda Portugaliya jamoasi Benficaga 2-1 hisobida mag’lub bo’ldi.
Portugaliya poytaxti Lissabondagi Luz stadionida bo’lib o’tgan musobaqaning 52-daqiqasida Galatasarayning o’z darvozasini noto’g’ri mudofaa qilishidan foydalangan Jonas, topni darvozaga kiritib Benficani 1-0 hisobiga olib chiqdi.
Oradan 6 daqiqa o’tishi bilanoq Podolski hisobni 1-1 ga tenglashtirdi. Lekin Galatasaray 67-daqiqada Luisaoning goliga mone’lik qila olmagach 2-1 hisobiga tushdi.
Gaitan, 85-daqiqada ikkinchi sariq kartochka bilan birga qizil kartochka ham ko’rar ekan ortidan Benfica jamoasi o’yinni 10 kishi olaroq davom etdi.
Musobaqaning oxirgi daqiqalarida durang natija uchun gol izlagan Galatasarayda Yasin O’ztekin 90+2-daqiqada darvozaning yonida bo’lishiga qaramay topni yaxshi tepolmagach, jamoasiga durang hisob baxsh etolmadi.
Ushbu natija bilan (C) gruhida o’z balini 9ga olib chiqgan Benfica, 7 ballga ega bo’lgan Ispaniya jamoasi Atletico Madridning oldida liderlikga ko’tarildi.
Galatasaray esa 4 ball bilan 3-o’rinda qoldi.