Xikmat Xojiyev:"Armaniston janglarda PKK jangarilaridan foydalanmoqda"

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev Armanistonni Tog’li Qorabog’dagi janglarda terror tashkiloti PKKga a’zo jangarilardan foydalanganlikda aybladi.

1513604
Xikmat Xojiyev:"Armaniston janglarda PKK jangarilaridan foydalanmoqda"

 

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev Armanistonni Tog’li Qorabog’dagi janglarda terror tashkiloti PKKga a’zo jangarilardan foydalanganlikda aybladi.

Xikmat Xojiyev bu haqda Buyuk Britaniya jurnalistlar jamiyati tomonidan video konferensiya shaklida o’tkazilgan anjumanda tilga oldi.

Suriyadan Ozarbayjonga jangarilar keltirilayotgani haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etgan Xojiyev: “Avvalo shuni aytmoqchimanki, bunga qat’iyan ehtiyojimiz yo’q. Biz professional qurolli kuchlarga egamiz. Yetarlicha qo’shimcha kuchimiz ham bor”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, aksincha Armaniston qo’shini saflarida boshqa davlatlardan yollangan jangchilar bor. Suriya, Livan, AQSh, Kanada va ayniqsa Fransiyadan ko’plab armanlar Armaniston qurolli kuchlari safiga qo’shildi.

Armanistonning xorijda yashovchi arman millatiga mansub insonlarni urushda Ozarbayjon qo’shiniga qarshi jang qildirishini va ularning tinch aholini o’ldirishini to’xtatish zarur.

“Ayni vaqtda PKK terror tashkilotining urushga qo’shilishidan xavotirdamiz. Ular ham Armaniston qurolli kuchlari safiga qo’shilmoqda. Jangarilar urushda asosan old saflarda jang qilishmoqda”,-deb aytgan Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev.


Armanistonga boshqa davlatlardan qurol yetkazilayotganidan xavotirda ekanligini tilga olgan Xojiyev shunday dedi:

“Armaniston urushda oddiy fuqaro aviatsiyasidan foydalanmoqda. Bu xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti mezonlariga hilof. Ushbu samolyotlarga raketa tizimlarini joylashtirmoqdalar. Bundan tashqari, gumanitar yordam bahonasida qurol va raketalar yetkazilmoqda. Achinarlisi shuki, Armaniston rasmiy samolyotni huddi rasmiy ziyorat amalga oshirgandek qilib ko’rsatib, Armanistonga qurol tashimoqda. Bu qurollar bilan tinch aholini o’ldirmoqdalar. Xalqaro media aynan shu masala bo’yicha tekshiruv olib borishi zarur”.

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi qardoshlik aloqalariga ham to’xtalib o’tgan Xikmat Xojiyev:

“Turkiya bizga dalda beryabdi, shu bilan birga diplomatik va geografik jihatdan ham ko’mak bermoqda. Turkiya mintaqada o’ziga xos o’ringa ega davlat. Turkiyaning Ozarbayjonga ko’rsatayotgan diplomatik yordamlari xalqaro qonunlar asosida amalga oshirilmoqda. Albatta, Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida mudofaa sohasida ham yaqin hamkorlik mavjud, biroq bu masalaga “Tog’li Qorabog’ urushiga uchinchi davlat qo’shilyabdi” fikri bilan qaramaslik kerak”.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Xikmat Xojiyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar