Gursel Ismoilzoda:"Armaniston urushda yollangan jangarilardan foydalanmoqda"

Ozarbayjonning Tokiodagi favqulodda va muhtor elchisi Gursel Ismoilzoda Yaponiya xalqaro jurnalistlar klubida o’tkazilgan anjumanda Tog’li Qorabog’dagi to’qnashuvlar haqida ma’lumot berdi.

1513304
Gursel Ismoilzoda:"Armaniston urushda yollangan jangarilardan foydalanmoqda"

 

Ozarbayjon Yaqin sharqning turli davlatlaridan yollangan jangarilar Armaniston qo’shini safiga qo’shilganligi va janglarda qatnashganligiga doir dalillar borligini ma’lum qildi.

Ozarbayjonning Tokiodagi favqulodda va muhtor elchisi Gursel Ismoilzoda Yaponiya xalqaro jurnalistlar klubida o’tkazilgan anjumanda Tog’li Qorabog’dagi to’qnashuvlar haqida ma’lumot berdi.

Tog’li Qorabog’ masalasining tarixiga to’xtalib o’tgan elchi Gursel Ismoilzoda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning o’tgan yili Qorabog’ga tashrifidan so’ng, Yerevan harbiy siyosat bo’yicha yana ham vahshiylashganligini ma’lum qildi.

Gursel Ismoilzodaning ta’kidlashicha, Pashinyan tashrifi chog’ida hududni Armaniston bilan birlashishga chaqirgan, shuningdek, Yerevan tomonidan Tog’li Qorabog’ muammosi bilan bog’liq urush boshlatilishiga ishora qilgandi. Uning bu harakati natijasida ehtimoliy muzokaralar puchga chiqdi.

“Yaqin sharqning turli davlatlaridan jangarilar keltirilib, Armaniston qo’shini safiga qo’shilgan va ularning janglarda ishtirok etganligiga doir aniq dalillar bor. Ko'plab livanlik, suriyalik va boshqa millatdan bo’lgan jangarilar Armaniston qo’shini safida Ozarbayjonga qarshi jang qilganligiga doir isbotimiz bor”,-deb aytgan elchi Gursel Ismoilzoda.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar