Ilhom Aliyev:"Tog'li Qorabog'da 18ta qishloq ozod qilindi"

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaatida Ozarbayjon qo'shini Zengilan tumani atrofidagi boshqa qishloqlarni ham ishg'oldan ozod qila boshlaganligini ma'lum qildi.

1512651
Ilhom Aliyev:"Tog'li Qorabog'da 18ta qishloq ozod qilindi"

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma'lum qilishicha, Armaniston bosib olgan Zengilan tuman markazi va unga qarashli 6 qishloq bilan Fuzuliy, Jabroyil va Xojavend tumaniga qarashli 18ta qishloq ozod qilindi.

Ilhom Aliyev xalqqa murojaatida Fuzuliy tumaniga qarashli To'rtchinor, Kurdlar, Yuqori Abdurahmonli, Karg'abozor, Quyi Veyselli va Yuqori Aybasanli qishloqlari; Jabroyil tumaniga qarashli Sarafsha, Hasankaydi, Fug'onli, Imımbog'i, Toshveyselli, Oqtepa va Yor Ahmadli qishloqlari; Xojavend tumaniga qarashli Ag'jakent, Mulkidara, Toshboshi, Guneshli va Veng qishloqlari ishg'oldan ozod qilinganligini ma'lum qildi.

Aliyev Xojavend tumanidagi Veng qishlog'ining nomini "Chinorli" deb o'zgartirganligini e'lon qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, Ozarbayjon qo'shini Zengilan tumani atrofidagi boshqa qishloqlarni ham ishg'oldan ozod qila boshladi. Tuman markazi bilan Xavali, Zerneli, Memmedbeyli, Xekeri, Sherifan va Mug'onli qishloqlari Ozarbayjon nazoratiga o'tdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar