Turkiy kengash Armanistonni tinch aholiga nisbatan hujumlarni to'xtatishga chaqirdi

Kuni kecha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi qoshidagi yoshlik platforumining mintaqadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

1512125
Turkiy kengash Armanistonni tinch aholiga nisbatan hujumlarni to'xtatishga chaqirdi

 

Kuni kecha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi qoshidagi yoshlik platforumining mintaqadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda Ozarbayjon yoshlik va sport vazirining o’rinbosari Intigam Babayev, Turkiy kengash bosh kotibi o’rinbosari Gismat Go’zalov va kengashga a’zo davlatlarning yoshlik platforumi boshqaruv kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Yig’ilishda Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan sodir etayotgan jangovar harakatlari va buning oqibatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Armanistonning Ozarbayjon hududlaridagi tinch aholi punktlariga hujum qilish bilan xalqaro huquqni oyoq osti qilganligi qoralandi. Xalqaro hamjamiyat Armaniston qurolli kuchlarining tinch aholiga nisbatan ayovsiz hujumlarini darhol to’xtatishga chaqirildi.

Ozarbayjon yoshlik va sport vazirining o’rinbosari Intigam Babayev  Ozarbayjon yoshlik va sport vazirligi bilan Ozarbayjon yoshlar nodavlat tashkilotlari Ozarbayjonni himoya qilish uchun zimmasiga olgan mas’uliyatlar haqida yig’ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Ozarbayjon Respublikasining bosib olingan hududlaridagi qurolli to‘qnashuvlardan chuqur xavotirda ekanligini ma’lum qilgan Turkiy kengash bosh kotibi o’rinbosari Gismat Go’zalov ham Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining ushbu mavzu bo’yicha olib borayotgan tashabbuslari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiy kengash xalqaro huquq ma'yorlari va tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va Tog‘li Qorabog‘ mojarosini Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xalqaro darajada tan olingan chegaralari daxlsizligi doirasida hal qilinishi muhimligini qayd etadi.

Shu munosabat bilan Turkiy kengash BMT Xavfsizlik kengashining 1993 yilda qabul qilingan rezolyutsiyasiga ko‘ra Armaniston Ozarbayjon Respublikasining bosib olingan hududlarini qaytarib berishi va bu hududlardan qurolli kuchlarini olib chiqishi kerakligi belgilab qo‘yilganini eslatadi.

Ozarbayjonning ishg’ol qilingan hududlarini ozod qilish maqsadida olib borilayotgan kurashni qo’llab-quvvatlashini qayd etgan Turkiy kengash yoshlik platforumi boshqaruv kengashi a’zolari Ozarbayjonni qo’llab-quvvatlash maqsadida yo’lga qo’yiladigan kelgusi rejalar va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ham tasdiqladi.



Aloqador xabarlar