Matbuot sharhlari 27.12.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2224704
Matbuot sharhlari 27.12.2024

 

Hurriyat gazetasi: “Milliy Mudofaa Vazirligi: Terror tashkilotining qurolni tashlashdan boshqa chorasi yo'q” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Milliy mudofaa vazirligi manbalari Suriyaning yangi ma'muriyati bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik va terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirishga ishora qildi. Terror tashkiloti PKK/YPGning qurolini tashlashdan boshqa chorasi yo'qligini ta'kidlagan manbalar, "Ular qurolni tashlaydi yoki halok bo'ladi" dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Rossiyadan Turkiya bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaning Suriya chegarasidagi xavfsizlik bilan bog'liq xavotirlarini tushunib turganini ma'lum qildi. "Turkiyaning xavfsizlik manfaatlari faqatgina Suriyaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va birligini saqlab qolish bilangina ta'minlanishi kerak. Turkiya ma'muriyati bu yo'nalishda yondashmoqda va biz buni qo'llab-quvvatlaymiz" - dedi Sergey Lavrov.

 

Star gazetasi: “Turkiyaga havo ko'prigi vazifasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Suriyada yangi davr boshlanishi bilan Turkiya, Damashq va boshqa shaharlarga yuboriladigan gumanitar yordamlar uchun havo ko'prigi vazifasini o’tashda davom etmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotidan 50 tonna tibbiy asbob-uskunalar Turkiyaga keltirildi. Ushbu mahsulotlar Istanbuldan Suriyaga yuboriladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Immigratsiya va inson huquqlari markazi tashkil etilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya muhojirlar huquqlarini himoya qilish va muhim mavzularda siyosat ishlab chiqish maqsadida “Migratsiya va inson huquqlari tadqiqot markazi” nomli yangi markaz tashkil qilmoqda.

 

Sabah gazetasi: “Fransiya matbuotidan turk mudofaa sanoatiga maqtovlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransiyada faoliyat ko’rsatgan “Secret Defense” xabar sayti, Turk Havo Kuchlari uchun ishlab chiqilgan “Gökche” va “Gözde” Yangi avlod yo'riqnomalari haqida hayrat bilan xabar berdi. Anqaraning geosiyosiy ta'siri yangi avlod qurol tizimlari bilan yanada kuchayishi bildirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar