Matbuot sharhlari 26.12.2024

Hurriyet “Erdo’g’an: Ular yo qurollarini qo’yadi yoki Suriya tuprog’iga ko’miladi” Prezident Erdog’an, partiyasining Parlamentdagi guruh yig’ilishida, “Biz terror tashkilotlari, ayniqsa DEASH va PKK boshlarini tor-mor etishga qaror qildik.

2224324
Matbuot sharhlari 26.12.2024

 

Hurriyet “Erdo’g’an: Ular yo qurollarini qo’yadi yoki Suriya tuprog’iga ko’miladi”

Prezident Erdog’an, partiyasining Parlamentdagi guruh yig’ilishida, “Biz terror tashkilotlari, ayniqsa DEASH va PKK boshlarini tor-mor etishga qaror qildik.

Separatchi jinoyatchilar yo qurollarini qo‘yadi yoki qurollari bilan Suriya hududida ko‘miladi.

Terror tashkilotini yo'q qilamiz. “Terror tashkilotlarining hisobi bo’lganidek, albatta bizning ham hisobimiz bor dedi.

Vatan gazetasi "Vazir Memisho’g'lu: Suriyaga sog'liq bilan bog'liq har qanday yordamni beramiz"

Sog'liqni saqlash vaziri Kemal Memishog'lu, Suriya Sog'liqni saqlash vaziri bilan bo'lgan telefon qo'ng'irog'i bilan bog'liq holda, "Biz ularga salomatlik bo'yicha har qanday  yordamni taqdim etishimizni bildirdik" dedi.

Star  "Biz birdaniga 3 qadam tashladik"

Turkiya xalqaro investitsiyalar uchun jozibador markazga aylandi. Turkiya noldan qilingan sarmoyalarda Fransiya, Angliya va Germaniyadan keyin 7-o'rindan 4-o'ringa ko'tarildi.

Yeni Shafak “ASELSANdan 58,6 million dollarlik imzo”

ASELSAN Turkiy  Davlatlar Tashkilotiga a'zo davlat bilan elektro-optik va aloqa tizimlarini to'g'ridan-to'g'ri sotish bo'yicha umumiy qiymati 58,6 million dollar (2 milliard lira) eksport shartnomalarini imzoladi.

Haberturk “Turk olimlari Oy va Marsda pomidor ishlab chiqarishni maqsad qilgan”

Ege universiteti Fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi Dots. Dr. Rengin Özgür Uzilday boshchiligidagi loyiha bilan  Pomidorlarni Oy va Marsda tashkil etiladigan kosmik koloniyalarda ishlab chiqarish maqsad qilingan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar