Matbuot sharhlari 13.12.2024

Haber Turk: “Blinken Anqarada” Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an, Anqara Esenbo’g’a aeroportida AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken bilan uchrashdi.

2220225
Matbuot sharhlari 13.12.2024

 

Haber Turk: “Blinken Anqarada”

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an, Anqara Esenbo’g’a aeroportida AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken bilan uchrashdi. Uchrashuvda terror tashkilotlarining Suriyadagi beqaror muhitdan foydalanishiga yo’l qo’ymaslik uchun chora ko’rish kerakligi haqida kelishuvga erishildi.

Sabah gazetasi: “Erdo’g’anning Suriya bo’yicha Yevropa Ittifoqiga chaqiruvi”

Prezident Erdo’g'an, Anqaradagi Prezidentlik majmuasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.U Suriyani qayta tiklash va mavjud institutlarni isloh qilishda Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini bildirdi.

Star: “Turkiya Suriyadagi terror tashkilotlariga imkoniyat bermaydi”

Milliy Mudofaa vazirligi, DEASh bahonasining Suriyadagi PKK/YPGni himoya qilish uchun ishlatilganiga diqqat qaratdi. Vazirlik, “Terror tashkilotlari, ayniqsa PKK/YPGning Suriyadagi vaziyatdan foydalanib, joy egallashiga ruxsat bermaymiz”  deb bayonot berdi.

Hurriyet: “Turkiya diplomatiyada kashshof”

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiyaning Somali va Efiopiya o'rtasidagi ziddiyatni hal qilishda tutgan o'rni yechimlar ishlab chiqaradigan diplomatiya tushunchasining kuchli ifodasi ekanligini bildirdi.

Vatan: "Antaliyada turizmda rekord o'rnatildi"

Antaliyaga oxirgi 10 yilda 112 million 722 ming sayyoh tashrif buyurdi. Birinchi o‘rinni 36 million kishi bilan ruslar, ikkinchi o‘rinni 25 million 545 ming kishi bilan nemislar, uchinchi o‘rinni 7 million 183 ming kishi bilan inglizlar egalladi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar