Matbuot sharhlari 12.12.2024

Sabah: “Turkiya Afrikadagi inqirozni hal qildi” Prezident Rejeb Toyyib Erdo'g'an, Somali va Efiopiya o'rtasidagi inqirozni hal qilish uchun qadam qo'ydi.

2219696
Matbuot sharhlari 12.12.2024

 

Sabah: “Turkiya Afrikadagi inqirozni hal qildi”

Prezident Rejeb Toyyib Erdo'g'an, Somali va Efiopiya o'rtasidagi inqirozni hal qilish uchun qadam qo'ydi.  Erdo’g’an, Prezidentlik majmuasida Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud va Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmed bilan uchrashdi. Erdo'g'an tomonlar o'rtasida kelishuvga erishilganini bildirdi.

Haber Turk: “Suriyaga ixtiyoriy qaytishlar ortadi”

Prezident Erdo’g’an, 61 yillik Baas rejimining ag’darilishi bilan Suriyada tinchlikka yo’l ochilganini, suriyaliklarning o’z ixtiyori bilan qaytishini koordinatsiya qilishlarini bildirdi.

Yeni Shafak gazetasi: “Xorijiy matbuot: Erdo’g’an Islom olamining yetakchisidir”

Suriya Milliy Kuchlari operatsiyasi bilan ag'darilgan qonli Baas rejimining yemirilishida Turkiyaning roliga e'tibor qaratgan xorij matbuoti, Prezident Erdo'g'anning endi Islom olamining tabiiy lideri ekanligini yozdi.

Star: "Fransuz matbuoti: Turkiya buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmasligini yana bir bor isbotladi"

Fransuz matbuoti Suriyada Asadning ag’darilishi Turkiyaning mintaqadagi ta’sirini oshirganini yozdi va “Turkiya buni e’tibordan chetda qoldirib bo’lmasligini yana bir bor isbotladi” deb izoh berdi.

Hurriyet: “Hakan Fidandan Falastin xabari”

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Falastinning tobora ko'proq davlat tomonidan tan olinishi uchun harakat qilganliklarini bildirdi. Turkiyaning sa'y-harakatlarining global miqyosda ta'siri borligini ta'kidlagan Fidan; “Mamlakatimizga qiziqishni oshiruvchi siyosat yuritmoqdamiz deyidi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar