Matbuot sharhlari 10.12.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Hurriyat gazetasi: “Erdo‘g‘an: Turkiya boshqa davlatning yeri va suverenitetidan manfaatdor emas” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so’ng xalqqa murojaat qildi.
"Turkiya boshqa davlatning yerlari va suverenitetidan manfaatdor emas. Chegara ortidagi operatsiyalarimizdan yagona maqsad vatanimizni va fuqarolarimizni terror hujumlaridan himoya qilishdir. Na PKK, na uning Suriyadagi guruhlari, na DEASH mamlakatimizga bas kela olmaydi”,-deydi Erdo’g’an.
Star gazetasi: "Hakan Fidanning Suriyaga murojaati” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqaradagi elchilar konferensiyasida so'zlagan nutqida, "Suriyada yangi davr boshlandi. Xalqaro davlatlar Suriya xalqiga yordam qo'lini cho'zishi kerak. Turkiya bundan keyin ham Suriyaning hududiy yaxlitligi, siyosiy birligi, farovonligi, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun barcha mas’uliyatni o’z zimmasiga olishda davom etadi" - dedi.
Yeni shafak gazetasi: “Turkiyadagi suriyaliklar o'z yurtlariga qaytmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, mamlakatida davom etayotgan fuqarolik urushi paytida Turkiyaga sig’ingan suriyaliklar 61 yillik Baas rejimi to’ntarilishi ortidan Suriyaga qaytmoqda. Suriyaliklar Hataydagi Jilvegozi chegara postida to'planishdi.
Vatan gazetasi: “Transport vaziri: Biz Yevropada yangi zamin yaratmoqdamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li, 17 aprel kuni Istanbul aeroportida 3 ta uchish-qo'nish yo'lagida bir vaqtning o'zida qo'nish va uchish jarayoni boshlanishini ma'lum qildi va "Bu tizim Yevropada bir birinchi bo'ladi" dedi.
Sabah gazetasi: “Dunyoning eng go'zal maskanlari ro'yxatida Turkiya ham bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, “Time” jurnali tomonidan 2024 yil uchun tayyorlangan dunyoning eng go'zal maskanlari ro'yxatida Turkiyadan ikki ob’yekt o’rin olgan. Ro’yxatdan joy olgan Istanbuldagi Zeyrek Chinili hammomi va Diyarbakir Ekspressi sayyohlar uchun tavsiya etilgan.