Matbuot sharhlari 05.12.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2217305
Matbuot sharhlari 05.12.2024

                                 

Vatan gazetasi: “PKK/KJKga tegishli 709 ta g'or va boshpana yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya PKK/KJK terror tashkilotiga qarshi joriy yilda uyushtirilgan operatsiyalarda 709 ta g'or, boshpana va ombor yo’q qilinganini, ko'p miqdorda portlovchi moddalar, qurol va o'q-dorilar qo'lga kiritilganini ma'lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Halabga qaytgan suriyalik: 7 yil davomida bizni bag’riga bosgan Turkiyaga katta rahmat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Suriyada Halab viloyatining muxolif kuchlar nazorati ostiga o’tishi ortidan o’z vataniga qaytmoqchi bo’lgan Aya Abdusselam Turkiyaga minnatdorlik bildirdi. Shu kungacha Turkiyaning Hatay viloyatida yashab kelayotgan Abdusselam, “7 yildan beri Turkiyadaman. Men Hatayda yashab kelayotgandim. Endi Halab ozod qilindi. Biz o'z ona shahrimizga qaytyabmiz. Butun Turkiyaga minnatdorlik bildiramiz. 7 yil davomida bizga yaxshi munosabatda bo’ldilar”, dedi.

 

Star gazetasi: "Xalqaro kompaniya Turkiyani tanladi" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shveytsariyada joylashgan “Sandoz” nomli farmatsevtika kompaniyasi Turkiyadagi yangi investitsiya faoliyatlari uchun kapitalni 80 million dollarga oshirishini e'lon qildi.

 

Sabah gazetasi: “Togg bozordagi yetakchilikni mustahkamlamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Togg elektromobili raqiblari Tesla va BMW ni ortda qoldirdi. Joriy yilning 11 oylik davrida 24 ming 361ta mashina savdosi bilan Togg eng yaqin raqibini 15 ming 134 donaga ortda qoldirdi. Bu davrda Toggning elektromobil bozoridagi ulushi 29 foizni tashkil etdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya ilm-fan bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egalladi” sarlavhasi b,ilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xalqaro matematika va fan yoʻnalishlari tadqiqoti-2023 natijalariga koʻra, Turkiya 4-sinf fanlari sohasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida 2-oʻrinni, bu sohadagi oʻrtacha ball bilan esa Yevropa mamlakatlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar