Matbuot sharhlari 04.12.2024

Haber Turk gazetasi: “Erdo’g’an, PKKga qarshi qadam tashlayapmiz dedi” Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudani bilan telefon orqali muloqot qildi.

2216708
Matbuot sharhlari 04.12.2024

 

Haber Turk gazetasi: “Erdo’g’an, PKKga qarshi qadam tashlayapmiz dedi”

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudani bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo'g'an, bo'lginchi terror tashkiloti PKK va uning Suriyadagi kengayishiga yo'l qo'ymaslik uchun Turkiyaning milliy xavfsizligi va manfaatlariga mos qadamlar tashlanganligini bildirdi.

Hurriyet: “Erdo’g’an; “Suriya rejimi siyosiy jarayonda ishtirok etishi kerak”.

Oylardan beri Turkiyaning qo’l cho’zganini rad etgan Suriya rejimi o’lkada adolatli va mustahkam tinchlik o’rnatilishidan manfaatdor emas. Prezident Erdo’g'an, muxolifatning Halabni qisqa vaqt ichida qo'lga kiritishi ortidan katta mavqe va kuchini yo'qotgan Asadni ogohlantirdi: “Suriya rejimi vaziyatning yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun haqiqiy siyosiy jarayonga kirishishi kerak”. dedi u.

Star: “Turkiyadan Gretsiyaga “yumshoq kuch” chaqiruvi”

Prezidentlik aloqalar direktori Fahrettin Altun, madaniyat va sportni yumshoq kuch elementi sifatida birlashtirishga ishonganini aytdi. Altun, "Yunoniston bilan do'stligimizni mustahkamlaydigan har qanday tashabbusni qo'llab-quvvatlashga to'liq tayyormiz". dedi u.

Vatan: “Fitch Turkiya iqtisodiyotidagi yaxshilanishga e’tibor qaratdi”

Xalqaro kredit reyting agentligi Fitch, Turkiya iqtisodiyotidagi yaxshilanishga e'tibor qaratdi.

 Fitch hisobotida Turkiya Respublikasi Markaziy banki zahiralarida sezilarli yaxshilanish borligi qayd etilgan. "Biz 2025 yilda siyosat izchilligi oshishini kutmoqdamiz." ifoda ishlatilgan.

Yeni Shafak: “Turkiyadan toza energiya harakati”

Turkiyalik tadqiqotchilar karbonat angidridni toza energiyaga aylantiruvchi qurilma ishlab chiqadi. Turk olimlari inqilobiy tarzda ishlab chiqishni rejalashtirgan qurilma avtomobil chiqindisi va chiqindi sifatida karbonat angidrid ishlab chiqaradigan zavod  dud chiqaruvchilariga o'xshaydi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar