Matbuot sharhlari 02.12.2024
Yeni Shafak “Fidan Blinken bilan Suriyani muhokama qildi” Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan amerikalik kasbdoshi Antoni Blinken bilan telefon orqali Yaqin Sharqdagi voqealarni muhokama qildi.
Yeni Shafak “Fidan Blinken bilan Suriyani muhokama qildi”
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan amerikalik kasbdoshi Antoni Blinken bilan telefon orqali Yaqin Sharqdagi voqealarni muhokama qildi.
Rejim va muxolifatning Suriyada tinchlik uchun siyosiy jarayonni yakunlashi kerakligini ta'kidlagan Fidan, "Turkiya va Suriya tinch aholiga qarshi terror faoliyatlariga hech qachon ruxsat berilmaydi" dedi.
Haberturk "Shimshek: Turkiya mudofaa sanoatida global o'yinchiga aylandi"
G'aznachilik va Moliya vaziri Mehmet Shimshek, Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida erishgan yutuqlariga diqqat qaratib, mahalliylashtirish darajasi 80 foizga yetganini aytdi.
“Turkiya mudofaa sanoatida global o’yinchiga aylandi.
Hurriyet "Milliy ta'lim vaziridan maktabgacha ta'lim xabari"
Milliy Ta'lim Vaziri Yusuf Tekin, Turkiyada 2023-2024 o'quv yilida maktabgacha ta'limga qabul qilish darajasi 5 yoshda 95,44 foizga yetganini bildirdi.
Tekin, shunday qilib, OECD hisobotiga ko'ra, Turkiya barcha mamlakatlar orasida maktabgacha ta'limda eng katta o'sish kuzatilgan davlat bo'ldi.
Star "Turk olimlari miyani o'qish tizimini ishlab chiqdi"
Elazig' Fırat Universiteti Texnologiya fakultetidan 6 nafar professor-o'qituvchi va 6 nafar talaba Turkiyada birinchilardan bo'lgan miya o'qish tizimini ishlab chiqdi.
Shol bo'lgani uchun gapira olmaydigan yoki reaksiyaga kirisha olmaydigan insonlar uchun umid nuri bo'ladigan tizim tufayli bemor odamlarning miyasiga bergan signallari qabul qilinadi va fikrlari sun'iy intellekt bilan tarjima qilinadi.
Vatan "THY Sidneyga parvozlarni boshladi"
6 qit'ada 351 ta nuqtaga parvoz qilgan Turk Havo Yo'llari (THY), Avstraliya qit'asidagi Sidneyni yangi parvoz tarmog'iga qo'shdi. Sidney THY yo'nalishlari ichida eng uzun parvoz yo'nalishi bo'ldi.