Matbuot sharhlari 29.11.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Yeni shafak gazetasi: “G’azoda doimiy otashkesim bo’lmasa, mintaqaviy tinchlik bo’lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaga tashrif buyurgan Ummon sultoni Haysam bin Tariq bilan o’tkazgan qo’shma matbuot anjumanida, “Livanda o’t ochishni to’xtatish kelishuvi ta’minlangani quvonarli. Agar G’azoda doimiy otashkesim bo’lmasa, mintaqa tinchligi ham bo’lmaydi”,-dedi.
Hurriyat gazetasi: “72 nafar terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi, mamlakat hududlarida va chegaradan tashqari amaliyotlar bilan bog'liq ma'lumotda, o'tgan hafta terror tashkiloti PKKga a'zo 72 nafar terrorist yo’q qilinganini ma’lum qildi.
Xabar turk gazetasi: “Oktyabrda eksport ko’rsatgichlari ortdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiyaning eksporti oktyabr oyida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 3,1 foiz ortib, 23 milliard 500 million dollarga, importi esa o'zgarmagan holda, 29 milliard 409 million dollarni tashkil qildi.
Star gazetasi: “Turkiyadan do'st mamlakatga TURAL eksporti” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, “Ramsa” Mudofaa kompaniyasi Bosh direktori Ramazan Gujukturali, o'zlari ishlab chiqqan insonsiz quruqlik vositasi “TURAL”ning Osiyodagi zavodini Pokistonda qurish niyatida shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. "Birinchi shartnoma yakunlandi va transferlar taxminan bir hafta ichida yakunlanadi. Taxminan 1,5 oy ichida birinchi yuklarimizni amalga oshiramiz”, - dedi u.
Sabah gazetasi: “Turkiya - Vengriya matchi o'tkaziladigan stadion ma'lum bo'ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya futbol federatsiyasi, Turkiya terma jamoasi 2025-yil 20-mart payshanba kuni Vengriyaga qarshi o‘ynaydigan UEFA Millatlar Ligasi pley-off o‘yini Istanbul “Ali Sami Yen” sport majmuasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.