Matbuot sharhlari 28.11.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Xabar turk gazetasi: “Erdo’g'andan terrorizmga qarshi kurashda qat’iylik” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “oxirgi terrorist yo’q qilinmaguncha terrorizmga qarshi kurash davom etadi” dedi. Mintaqada terror liniyasiga yo'l qo'ymasligini yana bir bor ta'kidlagan Erdo'g'an, Suriya shimolini terroristlardan tozalaymiz” dedi.
Yeni shafak gazetasi: “Global halol bozori Istanbulda o'z eshiklarini ochdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Istanbul ko'rgazma markazida Butunjahon halol sammiti bo’lib o’tmoqda. Jahon halol oziq-ovqat bozorining 70 foizini tashkil etuvchi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi maqomiga ega 60 ta davlat vazirlari va savdo delegatsiyalari Xalqaro vazirlar yigʻilishida ishtirok etadi.
Hurriyat gazetasi: “Erdo’g'an: Halol bozori o'sishda davom etmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an toza, sog'lom va xavfsiz oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoj har qachongidan ham ko'proq sezilayotganini aytdi. Halol sertifikatiga ega mahsulot va xizmatlar toza, sog'lom va diniy qoidalarga hurmat ko'rsatadigan yuqori sifatga ega ekanini ta’kidlagan Erdo'g'an, halol bozori o'sishda davom etayotganiga urg'u berdi.
Sabah gazetasi: “Turkiya islom davlatlari bilan savdo hajmini oshiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya savdo vaziri O'mer Bolat, Turkiyaning Islom davlatlari bilan savdo aloqalarini oshirganligini, Turkiyaning umumiy savdodagi ulushi esa 2002 yilda 11 foiz bo'lsa, o'tgan yili 26 foizga etganini bildirdi. 2030-yilga kelib, bu ulushni 35 foizga oshirish maqsad qilinmoqda.
Star gazetasi: “Turkiya boshchiligidagi ulkan loyiha” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi aloqa va transport vaziri Ano Jevher Turkiya, Iroq, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarini o'z ichiga olgan Rivojlanish yo'li loyihasi Turkiya orqali Fors ko'rfazini Yevropaga bog'lashini aytdi. Qayd etilishicha, mazkur loyiha iqtisodiyotga katta hissa qo’shadi.