Matbuot sharhlari 26.11.2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: «Turkiya sifatida yoningizdamiz». - dedi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Gʻazoda qatliomga uchragan falastinlik ayollar, olib borgan kurashlari orqali butun dunyoda oʻrnak tashkil etganini bildirdi. Prezident Erdoʻgʻan, «Ayollarga nisbatan qoʻl urilgan zoʻravonlikka qarshi kurash» kuni munosabati bilan kecha poytaxt Anqarada uyushtirilgan xalqaro tadbirda nutq soʻzladi. Unda: «Turkiya sifatida yoningizdamiz. Sionist lobbi bosimidan qat’iy nazar oʻz munosabatimizni bildirib, eng asosiy haqqingiz boʻlgan yashash huquqingizni himoya qilishdan aslo chekinmaymiz», - deya gapirdi.
Vatan gazetasi: «Qalqon - 31» amaliyoti orqali 1298 nafar noqonuniy muhojir qoʻlga olindi. Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida: «Qalqon - 31 amaliyoti orqali 7 nafari chet ellik jami 43 nafar kontrabanda tashkilotchisi va 1298 nafar noqonuniy muhojir qoʻlga olindi», - dedi.
Star gazetasi: Turk askari oʻrgatdi. NATOning Kosovodagi Tinchlik kuchlari (KFOR) tarkibida xizmat qilayotgan Turk hay’ati, Kosovo Xavfsizlik kuchlari askarlari oʻrtasida «SARP qurol tizimi»dan xavfsiz va samarali ravishda foydalanish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazdi. Kosova Xavfsizlik kuchlarining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali, ASELSAN tomonidan ishlab chiqarilgan tizimdan xavfsiz va samarali ravishda foydalanish uchun turk askarlari tomonidan uyushtirilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar haqida ma’lumot berildi.
Sabah gazetasi: «Sabiha Goʻkchen» nomidagi aeroportda rekord qayd etildi. Istanbuldagi «Sabiha Goʻkchen» nomidagi xalqaro aeroporti «bir kunlik qatnovning umumiy soni», «bir kunlik xalqaro qatnov soni» va «xalqaro qatnovdagi yoʻlovchilar soni» kabi 3 tarmoqda rekord qayd etdi.
Haber Türk gazetasi: Hamsi baligʻi eksportidan 12 million dollardan ortiqroq daromad olindi. Turkiyadan chet elga joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar boʻlgan davr mobaynida oʻtgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 10 foizga koʻproq hamsi baligʻi eksport qilindi va undan 12 million 306 ming 154 dollar daromad olindi.