Matbuot sharhlari: 14.11.2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: Isroil vahshiyliklariga qarshi eng aniq qadam tashlagan davlat Turkiyadir. Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an Isroil vahshiyliklariga qarshi dunyoda eng kuchli munosabat bildirgan davlat Turkiya ekanini qayd etar ekan, mamlakatning shu doirada savdo – sotiqni ham to‘xtatgani va bu orqali eng aniq qadam tashlaganini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek: “G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordamlari miqdori bo‘yicha ham eng yuqori o‘rindamiz», - dedi.
Star gazetasi: Erdo‘g‘an, terrorga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini ta’kidladi. Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya xavfsizligi va yurtdoshlarning tinchligi uchun Suriya shimolidagi terror tashkilotlariga qarshi olib borilgan amaliyotlar har doim mamlakat kun tartibida ekanini bildirdi. Erdo‘g‘an so‘zlari davomida: «Tahdid his qilgudek bo‘lsak, amaliyotlarimizni istalgan vaqtda chegaradan tashqarida boshlashga tayyormiz». - dedi.
Yeni Şafak gazetasi: O‘mer Bo‘lat: «Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlarining jadal tus olishi Yevropa ittifoqiga bog‘liqdir». Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi savdo – sotiqning yaxshilanishi uchun dekabr oyidagi Yevropa ittifoqi munosabatlaridagi aloqa jadal tus oladi». - dedi.
Haber Türk gazetasi: Turkiya chet elliklar uchun joziba markaziga aylandi. Turkiya chet elliklar uchun joziba markazi aylandi. Bu yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar chet elliklarga 19 ming 212 ta uy sotildi. Chet elliklar eng ko‘p Antaliya, Istanbul, Mersin va Anqara shahridan uy oldilar.
Sabah gazetasi: Eng sevib iste’mol qilingan salat. «Taste Atlas» onlayn sayohat rahbari, dunyodagi eng sevimli salatlarni e’lon qildi. Mazkur ro‘yhatda, klassik turk salati «qisr» ham o‘z o‘rnini egalladi. «Qisr» mayda bulg‘or, pomidor, yalpiz, sarimsoq, petrushka va limon sharbati yoki anor siropi bilan tayyorlanadi. Salatni yanada achchiqroq qilish uchun ko‘pincha unga zira va qizil qalampir qo‘shiladi.