Turk matbuot sharhlari 13.11.2024
Hurriyet: Prezident Erdo’g’an: Isroil G’azo uchun javob berishi kerak.Prezident Rejeb Toyyib Erdo'g'an kecha Ozarbayjonning poytaxti Bakuda qilgan nutqida:“Isroilning Falastin va Livanni nishonga olgan hujumlari davom etmoqda dedi.
Hurriyet: Prezident Erdo’g’an: Isroil G’azo uchun javob berishi kerak
Prezident Rejeb Toyyib Erdo'g'an kecha Ozarbayjonning poytaxti Bakuda qilgan nutqida:
“Isroilning Falastin va Livanni nishonga olgan hujumlari davom etmoqda. U odamlarni katta qirg'in qilishda davom etmoqda.
“Oʻylaymizki, bu ogʻir gumanitar va ekologik halokatga sabab boʻlganlar xalqaro sudlar oldida javob berishi kerak.
Sabah gazetasi: Vazir Bayraktar, COP29da Turkiyaning energiya samaradorligi maqsadlarini tushuntirdi
Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar
Turkiyaning qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi sohasida o‘z maqsadlariga erishishi uchun xalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish zarurligini bildirdi.
Star gazetasi: Turkiyaning Isroilning 'anneksiyasiga' munosabati: Biz buni eng keskin tarzda rad etamiz
Tashqi ishlar vazirligi, ba'zi Isroil rasmiylarining G'arbiy Sohil bilan bog'liq bayonotlariga, “Biz Isroilning baʼzi rasmiylarining bosib olingan Gʻarbiy Sohilni anneksiya qilish tarafdori boʻlgan bayonotlarini qatʼiy rad etamiz”. - dedi u.
Vatan: Kurtulmush: Isroilning BMT a'zoligi to'xtatilishi kerak
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush kechagi bayonotida, “Netanyahu va uning to’dasi (Isroil) BMT rezolyutsiyalariga rioya qilmaguncha va Xalqaro Sud qarorlarini bajarmaguncha BMTga a'zoligi to'xtatilishi kerak.Bu fikr haqida gapirish vaqti keldi. “Biz bu kurashni davom ettiramiz.
Haber Turk gazetasi: Turkiyaning Afrika mamlakatlariga eksporti 15 milliard dollardan oshdi
Yilning 10 oyida Turkiyaning Afrika mamlakatlariga eksporti 15 milliard dollardan oshdi.
Turkiya Eksportchilar Assambleyasi ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyaning Afrika mamlakatlariga eksporti yilning 10 oyida 2023 yilning shu davriga nisbatan 1,8 foiz ortib, 15,1 milliard dollarga yetdi.